UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Xalqaro hamkorlik

Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti hamda Wuhan texnologiya universiteti rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti hamda Xitoy davlatining Wuhan texnologiya universiteti rahbariyati ishtirokida joriy yilning 12-dekabr kuni uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Institut xodimlarini  qisqa va uzoq muddatli o‘qishga yuborish va bu orqali norma hamda standartdan takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda shuningdek, istiqboldagi vazifalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi va hamkorlik masalalariga doir bir qancha yo'nalishlar bo'yicha o'zaro kelishuvlarga erishildi.