UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Xalqaro hamkorlik

Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti masʼullari Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdilar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti masʼullari Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Riza Tezjan bilan uchrashdilar.

Unda TIKA tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida shaharsozlik normalari va standartlarini takomillashtirish, Turkiyada mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkillashtirish, jumladan, seysmik mustahkamlik, energiya samarador loyihalar hamda Turkiya shaharsozlik norma va qoidalarini Oʻzbekiston normalari bilan uygʻunlashtirish masalalari muhokama qilindi.

TIKA vakillari tomonidan mavjud dasturlar yuzasidan tadbir qatnashchilariga maʼlumot berilib, kelgusida hamkorlikda mazkur loyihalarni birga amalga oshirish boʻyicha o'zaro kelishib olindi.