Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari kuni kecha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) delegatsiyasi bilan uchrashishdi
Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari kuni kecha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) delegatsiyasi bilan uchrashishdi.
Unda Energetika vazirligi, institut hamda JICA o‘rtasida imzolangan shartnoma doirasida quyidagi vazifalar muhokama qilindi:
a) Yaponiya tajribasi asosida institut bilan hamkorlikda O‘zbekistonda nol energiyaga teng ( ZEB) binolarni rivojlantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
b) ZEB ma’muriy binosini tanlash va uni renovatsiya qilish;
d) ZEBni rivojlantirish uchun Yaponiyaning integratsiyalashgan tizimini joriy etish;
e) loyiha doirasida treninglar tashkil qilishga hamda u bo’yicha Yaponiya va Tailandga xizmat safarini tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida loyihani samarali amalga oshirish bo’yicha ish reja, ishchi guruh tarkibi hamda kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar bo’yicha kelishib olindi.