UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Xalqaro hamkorlik

Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillaridan iborat ishchi guruh xizmat safari davomida Fransiya ekologik oʻtish agentligida (ADEME) ham bo'ldilar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillaridan iborat ishchi guruh xizmat safari davomida Fransiya ekologik oʻtish agentligida (ADEME) ham bo'ldilar.

Unda bino va ishootlarda energiya samaradorlikka erishish hamda qurilish chiqindilarini qayta ishlash mavzularida taqdimotlar oʻtkazildi.

Jumladan,  qayta tiklanuvchi enegiya manbalari, iqlim oʻzgarishi va “issiqxona gazlari”ni qisqartirish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish,  yondoshuv, uslublar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek,  energiya auditi va uni tejash sertifikatlari tizimi (CEE) orqali 2030-2050-yillarda tegishli ravishda 40-60 % yakuniy energiya isteʼmolini tejashga erishilishi va OPERABAT maʼlumotlar bazasini boshqarish haqida ham fikr almashildi.