Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi to'rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi to'rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Unda dastlab Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan boshqarma boshlig‘i Aziz Xudoynazarovning hisoboti tinglandi.
Tadbir davomida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan boshqa davlat tashkiloti mutasaddillari ham o‘z hisobotlari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, kengash tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarning hamkorligini kuchaytirish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni yanada kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilab berildi.
Hisobot tadbiri yakunida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish va davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida o‘zaro hamkorlikda ish olib borish lozimligi bo‘yicha kelishib oldilar.