Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Geologlar” mahallasi hududida joylashgan 73-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish ishlari yakuniga yetkazildi
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Geologlar” mahallasi hududida joylashgan 73-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish ishlari yakuniga yetkazildi. Loyiha doirasida 180 o‘rinli zamonaviy bino barpo etildi. Unda bolajonlarning taʼlim-tarbiya olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.
Yangidan qurilgan muassasada o‘quv xonalari, oshxona hamda bolalar dam olishi uchun ochiq maydonchalar tashkil etildi. Shuningdek, taʼlim jarayonida xavfsizlik va qulaylikni taʼminlash maqsadida zamonaviy isitish, yoritish va ventilyatsiya tizimlari o‘rnatildi.
Ushbu ishlar uchun davlat budjeti hisobidan jami 3 mlrd 634 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Rekonstruksiya natijasida mahallada yashovchi aholining bolalariga sifatli maktabgacha taʼlim xizmati ko‘rsatish imkoniyatlari yanada kengaydi.