Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida haftaning har seshanba va chorshanba kunlari fuqarolar qabuli tashkil etilgan
Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida haftaning har seshanba va chorshanba kunlari fuqarolar qabuli tashkil etilgan. Qabul davomida mas'ullar tomonidan aholi vakillarining murojaatlari tinglandi.
Jumladan, Mirobod tumanida aholi xonadonlari orasida qurilayotgan maishiy xizmat obyektidan fuqarolar norozi. Mutasaddilar ushbu masalani joyiga chiqqan holda o'rganadigan bo'ldilar. Xuddi shu tumanda loyiha-smeta hujjatlariga ko'ra bir qavatli bino qurilishi belgilangan bo‘lishiga qaramay hozirda ko‘p qavatli uy-joy qurilayotganligi yuzasidan aholi o‘z shikoyatlarini bildirdi.
Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushunchalar hamda joyiga chiqqan holda qayta o‘rganishlar o‘tkazilishi bo‘yicha hududiy tuman qurilish bo‘limlariga ko‘rsatmalar berildi.
Qabulda kelib tushgan jami 5 ta murojaatning 2 tasi joyida hal qilindi. Qolgan 3 tasi yuzasidan bir hafta ichida qayta o‘rganishlar o‘tkazilishi taʼkidlandi.