Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassisi tomonidan obyektning qurilish bo’yicha bosh muhandisiga tushuntirish ishlari olib borildi va inspeksiya tomonidan nazoratga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib, o'rganish ishlari olib borildi.
2023-yilning 22-sentabr kuni mavjud holat yuzasidan o'rganish ishlari davomida "Royal towers"MChJ mutaxassisi D.Ahmedov quyidagilarni ma'lum qildi:
- Humo ko'chasi tomonidan qurilishi rejalashtirilgan ko'p qavatli turar-joy binosining xandaq qismida tasdiqlangan ishchi loyiha hujjatlarida belgilangan temir-beton qoziq qoqish ishlari maxsus burg'alovchi texnika bilan amalga oshirilmoqda;
- mazkur ishlar bugungi kunda dushanbadan juma kungacha, faqat ish kunlari bajarilib, Humo ko'chasi tomonidan 2 dona temir-beton qoziq montaj qilish ishlari rejalashtirilgan;
- Humo ko'chasi bo'ylab joylashgan hovli uylarga yetkazilgan zarar qoplab berilgan qismida "snos" ishlari bajarilganligini inobatga olib, mazkur uy-joylarga ulangan kommunikatsiya tizimlarini uzilgan va shartnomalarini bekor qilingan;
- Ichimlik suvini tejash maqsadida, ichimlik suv quduqlarida kran vintellarini yopish uchun ochilgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassisi tomonidan obyektning qurilish bo’yicha bosh muhandisiga tushuntirish ishlari olib borildi va inspeksiya tomonidan nazoratga olindi.