UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Toshkent tumanidagi mahallalar aholisini qiynayotgan masalalar mutasaddilar e'tiborida!

"Mahallabay" tizimi: Toshkent tumanidagi mahallalar aholisini qiynayotgan masalalar mutasaddilar e'tiborida! 

Davlatimiz rahbari ilgari surayotgan xalq bilan muloqot qilish mexanizmi samarasini, islohotlarning real natijasini bugun xalqimiz o'z hayoti misolida ko'rmoqda.

Odamlar og'irini yengil qilish, yillar davomida to'planib qolgan muammolarni hal etish, aholi farovonligini oshirish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirish maqsadida bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari T.Alimatov, Toshkent tumani prokurori A.Nazarov, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri hamda qator mutasaddi vakillardan iborat ishchi guruh tomonidan Toshkent tumanidagi mahallalarda sayyor qabul tashkil etildi.

➡️ Toshkent tumanida joylashgan 29-umumta'lim maktab binosiga yig'ilgan o'nlab fuqarolar o'zlarini qiynayotgan dolzarb masalalarni ochiqlash imkoniga ega bo'ldilar. 

"Aholi muammolarini o'rganish, ular bilan ishlash borasida yaratilgan mazkur tizim xalqning davlat organlari, xususan, rahbarlarga bo'lgan ishonchini yanada orttiradi. Jamiyatimizdagi har bir oila, mahalla farovonligi yo'lida befarqlikdan voz kechib, birgalikda, bir kuch bo'lib harakat qilish, mavjud muammolarga o'z vaqtida yechim topish har birimizning burchimizdir. Mahalla aholisi tomonidan bildirilgan har bir murojaat ijobiy yechim topmaguniga qadar tinim bilmaymiz" — deya ta'kidladi muloqot avvalida Toir Alimatov.