UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha monitoring ishlari davom etadi

Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha monitoring ishlari davom etadi.

 Nurafshon shahri Toshkent yo'li  ko'chasi  hududida buyurtmachi "Unlimited business holding"MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy binosi hududiy nazorat  qilish inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tmasdan turib qurilish-montaj ishlarini amalga oshirayotgani aniqlandi.

Ushbu qonunbuzilish holati  yuzasidan inspeksiya mutaxassislari tomonidan fuqaroga tegishli ko‘rsatma berildi. Qoidabuzarlik bartaraf etilib, inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgunga qadar obyektda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish bo‘yicha yozma ko'rsatma ham taqdim etildi. Shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 99-moddasi 7-bandiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.