UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Toshkentda “O‘zbekistonda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish” mavzuida O‘zbekiston - Koreya forumi ish boshladi

Forumni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva, “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom Toʻrayev hamda Koreya markaziy issiqlik taʼminoti korporatsiyasi bosh direktori Jeong Yong Ki ochib berdi.

Taʼkidlanganidek, ikki davlat oʻrtasida koʻplab sohalarda, xususan, markazlashgan issiqlik taʼminotini yaxshilash boʻyicha ham qoʻshma loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. 

Qayd etilganidek, ushbu forum Oʻzbekistonda markaziy issiqlik taʼminotini modernizatsiya qilish boʻyicha hamkorlikni jadallashtirish va eng soʻnggi kogeneratsiya hamda trigeneratsiya texnologiyalarini joriy etishni maqsad qilgan.

K-Heatingning muvaffaqiyatli texnologiya va tajribalarini “Issiqliktaʼminoti” AJning hududiy xodimlariga yetkazish. “K-Heating” — bu Koreya tajribasiga asoslangan zamonaviy markazlashgan issiqlik taʼminoti texnologiyasi boʻlib, unda energiya tejamkorlik, havoni kam ifloslantirish va filtrlar orqali ekologik talablarga mos kelishi asosiy ustunlik tomoni sanaladi.

Joriy yilning iyun-iyul oylari davomida mamlakatimizda koreyalik mutaxassislar tomonidan biomassa (chiqindi) asosida loyihalarni amalga oshirish va situatsion markaz barpo etish imkoniyatlari oʻrganib chiqildi.

Xususan, Angren, Qoʻqon va Jizzaxdagi chiqindi poligonlari va issiqlik korxonalariga tashriflar – uskunalarning holati, poligonlar maʼlumotlari va biomassa salohiyati oʻrganildi. Koreya kompaniyalari bilan onlayn uchrashuvlar – biomassa asosidagi kogeneratsiya loyihasi boʻyicha texnik va moliyaviy savollar muhokama qilindi. Situatsion markazni barpo qilish boʻyicha Navoiy, Fargʻona, Namangan, Samarqand, Jizzax va Buxoro shaharlarida texnik oʻrganishlar oʻtkazildi. Forum davom etmoqda.