Uchtepa tumanida faoliyat yurituvchi ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari tajriba tariqasida ilk bor edo.ijro.uz tizimiga ulanmoqda
Uchtepa tumanida faoliyat yurituvchi ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari tajriba tariqasida ilk bor edo.ijro.uz tizimiga ulanmoqda.
Bugun vazirlik departamenti boshlig’i Obidjon Mo’minov tumanda faoliyat yurituvchi 18 ta boshqaruv organi rahbarlari bilan uchrashib, ijro intizomini ta’minlashda tizimning o’ziga xos tomonlari haqida ma’lumot berdi.
Shu bilan birga mutaxassislar tomonidan boshqaruv organlari vakillariga tizimdan foydalanish bo’yicha atroflicha tushuncha berildi.