Uy qurishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Yer tanlash. Qurilish o‘rni siz har kuni qatnaydigan joylarga eng uzog‘i bilan 50 km masofada bo‘lishi kerak. Mutaxassislar qurilish maydoni “Kichik bo‘lsa ham yaqin bo‘lsin”, - deb maslahat berishadi.
Yer relyefi. Qurilishni boshlashdan oldin hududdagi yer osti suvlari darajasini aniqlash kerak. Bu poydevor mustahkamligi va oqova tizimi uchun muhim.
Tayyor kommunikatsiya. Ortiqcha mablag‘ sarflashni va hududda bir o‘zingiz yashashni istamasangiz, odamlar allaqachon yashayotgan hududda qurilish qiling. Elektr simlari, suv yoki gaz quvurlarini o‘zingiz uchun tortib kelishni istamassiz har holda? Bundan tashqari bu holatda qo‘shimcha hujjatlar tayyorlash, aloqa simlari, yo‘llar, chiqindi nuqtasi va boshqa xizmatlarga ham ehtiyoj seziladi. Kirish yo‘llarida qurilish texnikalari harakati ham qiyin bo‘ladi.
Qo‘shnilar. “Hovli olma – qo‘shni ol” degan naql bejizga emas. Butun dunyo davlatlarida ham hech bo‘lmaganda eng yaqin potensial qo‘shnilar bilan tanishish hech qachon zarar qilmasligiga e'tibor qaratiladi.
Poydevorli uy xarid qilmang. Tugallanmagan poydevori bo‘lgan uchastka sotib olish deyarli 100 % bosh og‘rig‘idir. Bu bilan sizda uy uchun loyiha tanlash imkoni cheklanadi. Chunki siz poydevorga "bog‘langansiz". O‘zingizda loyiha bo‘lsa, alohida bo‘sh yer maydoni xarid qiling.
Qurilish byudjeti. "Uzoq muddatli qurilish" qilmang! Agar kamtarona oilaviy uy uchun byudjet yetarli bo‘lsa, qurilishni boshlang. "Saroy” qurish uchun pul yig‘ilishini kutmang. Uzoq muddatli qurilish turli sabablarga ko‘ra "abadiy" kechikishi mumkin. Qurilish smetasini hisoblashda shartli "yakuniy miqdor"dan biroz ko‘proq mablag‘ni kiritishni unutmang. Bu bilan "to'satdan qilinadigan xarajatlar"dan o‘zingizni sug‘urtalagan bo‘lasiz.