Vazir o‘rinbosari Koson tumani ''Do‘stlik'' MFYdagi "Yangi O'zbekiston" massivida barbo etilayotgan ko'p qavatli turar-joy binolarini ham ko‘zdan kechirdi
Vazir o‘rinbosari Koson tumani ''Do‘stlik'' MFYdagi "Yangi O'zbekiston" massivida barbo etilayotgan ko'p qavatli turar-joy binolarini ham ko‘zdan kechirdi.
2022-yilda massivda jami 30 ta 648 xonadonli uy-joylar qurilishi hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtgan va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Joriy yilda massivda jami 16 ta 320 xonadonli turar-joy binolari foydalanishga topshirilgan.
Qurilish obyektlaridan:
- “Buildstroy” hamda “Navro‘z kapital qurilish” MChJlari tomonidan barpo etilayotgan turar-joy binosida tashqi va ichki pardozlash ishlari;
- “Ruxsora Faxriddinovna” MChJ tomonidan qurilayotgan 7 ta 188 xonadonli, "Faxriddinov Baxtbek" MChJ tomonidan qurilayotgan 5 ta 148 xonadonli va “Aya ramziddin auto servis“ MChJ tomonidan barpo etilayotgan 1 ta 20 xonadonli turar-joylarda poydevor ishlari boshlangan holda to‘xtab qolgan.
Nazorat tadbiri davomida vazir o‘rinbosari Toir Alimatov tomonidan aniqlangan va keskin tanqid ostiga olingan kamchiliklar:
- buyurtmachi-pudratchi "Ruxsora Faxriddinovna" MChJ tomonidan turar-joy binolari poydevorlarida bajarilgan beton ishlari sifatsiz amalga oshirilgan va izolyatsiya choralari ko'rilmagan, qurilish ishlari esa to‘xtab qolgan;
- 1 ta 20 xonadonli "Ruzimbek qurilish" MChJga qarashli turar-joyning 1-qavatida gʻisht terish ishlari bajarilgan holda to‘xtagan;
- "Dizayner IMQT" korxonasining turar-joy binosi 4-qavatida gʻisht terish ishlari boshlangan holda to‘xtagan;
- "Yuksak zamin invest qurilish" MChJ tomonidan qurilish olib borilayotgan turar-joyda parapetda gʻisht terish ishlari bajarilgan holda to‘xtagan;
- “Asl kafolat beton buyumlari” MChJ turar-joy binosida tom qoplama ishlari bajarilgan holda to‘xtab qolgan.
Shuningdek, 1 ta 20 xonadonli "Koson obod sanaot qurilish ishlab chiqarish" MChJ qurayotgan turar-joy binosining 4-qavat devorlarida gʻisht terish ishlari bajarilayotganligi maʼlum boʻldi. Ammo mazkur turar-joyda ishlayotgan ishchi-xizmatchilar maxsus kiyim bosh bilan taʼminlanmasdan hamda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmasdan mehnat qilayotgani aniqlandi. Turar-joy binosi devorlariga gʻisht terishda oraliq choklar qorishma (rastvor) bilan toʻliq toʻldirilmasdan terilgan hamda oraliq tom yopma temirbeton plitalarning ostki va yon tomonlari ham qorishma bilan toʻliq toʻldirilmasdan bajarilgan.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha muddat belgilanib, mas'ullarga zarur topshiriqlar berildi.