Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva aholi murojaati asosida “Uchtepa shirin” BSK kompaniyasi “Shirin” mahallasi 3-son xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p qavatli uyga ham bordi
Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva aholi murojaati asosida Uchtepa tumani “Uchtepa shirin” BSK kompaniyasi xizmat ko‘rsatuvchi “Shirin” mahallasi 3-son ko‘p qavatli uyga ham bordi. Murojaatchining muammosini o‘rganish jarayoniga boshqaruv tashkiloti rahbari va boshqa mas’ullar ham jalb etildi. Kompaniya tomonidan joriy yilning may oyida ko‘p qavatli uyning tom qismida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilgan. Jarayon yakunlanmay turib yomg‘ir yog‘ishi oqibatida murojaatchining uyiga suv o‘tgan va ta'mirlangan uyga zarar yetkazilgan.
Muammo tez fursatlarda boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan bartaraf etiladigan bo‘ldi. Ozoda Jo‘rayeva mazkur holatni shaxsan nazoratga olishini ta’kidladi.