Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva aholi murojaatiga asosan Toshkent shahri Shayxontohur tumani Navoiy ko’chasida joylashgan uylarda bo’ldi
Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva aholi murojaatiga asosan Toshkent shahri Shayxontohur tumani Navoiy ko’chasida joylashgan uylarda bo’ldi.
O.Jo’rayeva fuqarolar bilan suhbatda bo’lib, ularning ko’p qavatli uylarni saqlashga doir muammolarini qabul qildi. Shuningdek, avval xizmat ko’rsatgan boshqaruv organi tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklar, sifatsiz xizmat asosida yig’ilib qolgan muammolar yechimi muhokama qilindi.
Mazkur uylar hozirda mulkdorlar roziligi asosida “Obod turmush hamkor” boshqaruv servis kompaniyasiga biriktirilgan. Vazir o’rinbosari ushbu tashkilot mutasaddilari bilan ham uchrashdi. Ish sifati va samaradorligini oshirish lozimligi qayd etildi.
- Aholi ishonchi - eng haqqoniy e’tirof. Unga erishish katta mehnat, mas’uliyat va daxldorlik talab etadi. Kommunal sohada xalq muammosi, ularni bezovta qilayotgan holatlarga befarq qaralsa, oʻsish boʻlmaydi,- deya ta’kidladi Ozoda Jo’rayeva.
Hududda yangi ish boshlagan kompaniyaga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.


