Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ayni damda Surxondaryo viloyatida bo’lib turibdi
Ta’kidlaganimizdek, vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ayni damda Surxondaryo viloyatida bo’lib turibdi.
Bugun vazir o’rinbosari Termiz shahridagi 14 ta boshqaruv servis kompaniyasi vakillari bilan uchrashib, “Sardorbek Elnur” hamda “Komfort Sherxon servis” BSKlar misolida sohadagi yutuq va kamchiliklarni muhokama qildilar.
Xususan, ko’p qavatli uylarda energosamaradorlikni oshirish zarurati, qo’shimcha servis xizmatlarini takomillashtirish va tarmoqlarni raqamlashtirish masalalari ko’rib chiqibdi.
Ozoda Jo’rayeva aholi bilan ham samimiy suhbat qurib, “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan bir qator faxriylarni tabrikladi.
- Sizdek fidoyi insonlar jamiyatimizning ustunlari hisoblanasiz! Hayot yo’lingiz shogirdlar, kelajak avlod uchun namuna. Sizlar bor ekan jamiyatimiz rivojlanaveradi,- dedi Ozoda Jo’rayeva.
Termiz shahrida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari bilan tashkil etilgan o’ziga xos uchrashuv sohadagi islohotlarni chuqur anglash, amaliy misollar bilan kelajak maqsadlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.