Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ayni damda Toshkent viloyati Angren shahrida bo’lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishmoqda
Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ayni damda Toshkent viloyati Angren shahrida bo’lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishmoqda.
Angren shahrida jami 823 ta ko’p qavatli uy bor. Mazkur uylarga 10 ta boshqaruv servis kompaniyasi, 2 ta uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko’rsatadi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko’ra joriy yil 70 ta ko’p qavatli uyni ta’mirlash rejalashtirilgan bo’lib, hozirda ishlar 100 foiz amalga oshirildi.
Ozoda Jo’rayeva “Angren City Central Servis” boshqaruv servis kompaniyasida bo’ldi. 167 ta uyga xizmat ko’rsatuvchi kompaniyaning boshqaruv binosi, moddiy texnika bazasi, xizmat ko’rsatuvchi ko’p qavatli uylarning texnik holati oʻrganildi.
Jarayonda boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uyni boshqarishda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Xususan, shitlarning holati, boshqaruv kompaniyasi ishchi xodimlarining maxsus kiyim va anjomlari yuzasidan qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha joyida tushintirishlar ishlari olib borildi.