UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ayni damda Toshkent viloyati Bo’ka tumanida bo’lib turibdi

Tumandagi “Madaniyat” MFYda mavjud barcha ko’p qavatli uylar holati o’rganildi. Xususan, lokal qozonxonalar, ichki muhandislik tizimi, ko’p qavatli uylarning texnik holati ko’zdan kechirildi.

Shuningdek, 39 ta uyga xizmat ko’rsatuvchi “Bo’ka madaniyat” BSK faoliyati ham o’rganildi.

Ozoda Jo’rayeva ko’p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorligi, mavjud kamchiliklar va dolzarb vazifalarni muhokama qildi. Aholi bilan suhbatda bo’lib, hududni tartibga keltirish, ularning kommunal sohaga oid muammolarini oldini olish bo’yicha fikr almashildi. 

Shu bilan birga ko’p qavatli uylar atrofidagi noqonuniy qurilmalarni oldini olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

- Intizom bor joyda go’zallik, xotirjamlik bo’ladi. Biz yashayotgan hudud qadriyatlarimiz, dunyoqarashimiz va hayotga bo’lgan munosabatimizni ifodalab turishi lozim, - dedi Ozoda Jo’rayeva.