Vazir o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan amalga oshirilayotgan koʻlamli ishlar avvalo, xalq turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan
Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi ko’p qavatli uylarning texnik holatini yaxshilash, aholining kommunal sohaga oid muammolariga kompleks yechim berish, atrof-hududlarni obodonlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirlayotgani haqida xabar bergan edik. Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan amalga oshirilayotgan koʻlamli ishlar avvalo, xalq turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan.
Xususan, Bekobod tumani "Guliston", "Istiqlol" mahallalarida joylashgan 29 ta uyning tom qismida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi. 13 ta uyning fasad, yerto'la va kirish yo'laklarida ham homiylik mablag'lari hisobidan toʻliq ta'mirlash ishlari yakuniga yetkazildi. Shuningdek, koʻp qavatli uylarning tutash hududlaridagi noqonuniy qurilmalar bartaraf etilib, o’rnida aholi hordiq chiqarishi uchun dam olish obyektlari tashkil etilmoqda.
Ko'p qavatli uylarning atrofi obodonlashtirilayotgani, mavjud noqonuniy qurilmalar, o'zboshimchalik bilan o'rab olingan hududlar tartibga keltirilayotganligi sababli hudud o’zgacha qiyofa kasb etmoqda.
- Qay sharoitda yashashni tanlash insonning oʻz qoʻlida. Agar biz hududimizda tartib, tozalik istasak, avvalo, oʻzimizni isloh qilishimiz lozim. Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan barcha joylar mana shunday obod boʻlmoqda. Uni uzoq yillar saqlash sizning mas’uliyatingizdir, - dedi Ozoda Jo’rayeva.
Vazir oʻrinbosari ishlarning borishi bilan tanishar ekan, ish samaradorligini oshirish bo'yicha mas’ullarga qator topshiriqlar berdi.


