UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Vazir o'rinbosari Samarqandda

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva bugun Samarqand viloyatiga yetib keldi.  Dastlab viloyat boshqarmasi binosida ko‘p qavatli uy-joylar boshqaruvi va xizmat ko‘rsatish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.  

Unda viloyatda faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari va sohaviy  tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Yig'ilishda asosiy e’tibor — kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, muhandislik tarmoqlari va uylarning texnik holati, aholiga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga qaratildi. Shu bilan birga boshqaruv organlarining sohani yaxshilash, mavjud muammolarni oldini olishga qaratilgan taklif va mulohazalari qabul qilindi. 

 “Har bir boshqaruv organi o‘z mas’uliyatini anglab yetishi va har bir xonadonning issiq, xavfsiz va qulay bo‘lishi uchun faol ish olib borishi shart. Buning uchun rejali va aniq choralar ko‘rilishi zarur”, — dedi Ozoda Jo‘rayeva.

 Uchrashuvda shuningdek, moliyalashtirish, resurslardan oqilona foydalanish, billing tizimidagi kamchiliklar va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan aniq yechimlar taklif etildi.