UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Vazir o'rinbosari Surxondaryoda

Ta'kidlab kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva hududlarda bo'lib, aholiga kommunal, jumladan, ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda. Xususan, joylarda boshqaruv tashkilotlari faoliyati o'rganilib, tizimni yaxshilash bo'yicha zarur choralar ko'rilmoqda. 

Ayni damda Ozoda Jo'rayeva Surxondaryo viloyati Termiz shahrida bo'lib, "Sarvar Termiz servis" BSK faoliyati bilan tanishmoqda. Dastlab kompaniyaning yangi qurilayotgan binosi, unda ishchi-xodimlar uchun yaratilayotgan shaoitlar, aholini qabul qilish imkoniyatlari o'rganildi. Shuningdek, 123 ta ko'p qavatli uyga xizmat ko'rsatuvchi kompaniyaning ish faoliyati ko'zdan kechirilmoqda. Boshqaruv tashkiloti tomonidan uylarning texnik holatini saqlash, fasad, kirish yo'laklari, yerto'lalarda amalga oshirilgan ta'mirlash ishlari, obodonlashtirish ko'lami mutasaddilar tomonidan alohida e'tirof etilib, aholiga qulaylik yaratish maqsadida qo'shimcha servis xizmatlar sonini oshirish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berilmoqda.

Rivojlanishni xohlagan boshqaruv tashkiloti aholi bilan uzviy aloqa o'rnatishi shart. Ularning muammolari, kompaniyadan kutilayotgan ishlar haqidagi fikrlari inobatga olinishi kerak. Shundagina faoliyatingiz yanada samarali bo'ladi,- dedi vazir o'rinbosari.

Vazir o'rinbosari xizmat safari chog'ida viloyatdagi boshqa boshqaruv tashkilotlari faoliyatini o'rganishni rejalashtirgan.