UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Vazir oʻrinbosari Ozoda Jo’rayeva Jizzax shahrida boʻlib, koʻp qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari bilan tanishdi

Ta’kidlaganimizdek, vazir oʻrinbosari Ozoda Jo’rayeva Jizzax shahrida boʻlib, koʻp qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari, issiqlik ta’minotini yaxshilash hamda uylarda energosamaradorlikni oshirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi. Shuningdek, bir qator koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv organlari faoliyati ham ko’zdan kechirildi.

Kun yakunida viloyatdagi 2 448 uyga xizmat koʻrsatuvchi 32 ta boshqaruv servis kompaniyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda sohada mavjud muammo va yutuqlar muhokama qilindi. Xususan, boshqaruv organlari faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularning yechimi boʻyicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, vazir o’rinbosari boshqaruv organlariga kuz-qish mavsumi oldidan mas’uliyatni oshirish lozimligini ta’kidladi.

- Biz xalqimiz qulayligi va yaxshi sharoiti uchun mas’ulmiz. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida ish rejimini kuchaytirgan tartibda olib borish, zaxira kuchlariga ega boʻlish, moddiy-texnika bazasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish lozim. Shuningdek, murojaatlar 24/7 ish rejimida qabul qilinishi shart,- dedi Ozoda Jo’rayeva.