UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Vazir oʻrinbosari Ozoda Jo’rayeva poytaxtimizning Shayxontohur tumanida boʻlib, “Star kommunal servis” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini o’rgandi

 Bugun vazir oʻrinbosari Ozoda Jo’rayeva poytaxtimizning Shayxontohur tumanida boʻlib, “Star kommunal servis” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini o’rgandi. 

Xususan, uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko’zdan kechirildi. 

Dastlab vazir oʻrinbosari kompaniyaning dispetcherlik xizmati qanday tashkil etilganligi bilan qiziqdi. Murojaatlarni qabul qilish, qayd etish va rasmiylashtirish yoʻnalishidagi kamchiliklar yuzasidan qator fikrlar bildirildi:

- Dispetcher kompaniya faoliyati samaradorligini belgilovchi asosiy tarmoq. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida kuchaytirilgan tartibda ish tashkil etilishi shart. Hech bir  murojaatni e’tiborsiz qoldirishga haqqimiz yoʻq,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

Shuningdek, ko’p qavatli uylarga tutash hududlar tartibsizligi hamda yerto’lalardagi holat qat’iy tanqid ostiga olindi. 

- Siz xizmat ko’rsatadigan hudud bu sizning yuzingiz. Tozalik, tartib, tizimlilik avvalo, oʻzingizdan boshlanishi kerak. Mehnatingizni hurmat qilmas ekansiz, boshqalardan ham bunday munosabatni kutish mumkin emas, - deya ta’kidladi Ozoda Jo’rayeva.

O’rganishlar davomida aniqlangan barcha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berilib, shaxsan vazir oʻrinbosari nazoratiga olinishi qayd etildi.