Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Qarshi shahrining yangi massivlaridan biri boʻlgan 11 ta koʻp qavatli uy joylashgan “Oydin kommunal” mahallasida ham boʻldi
Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Qarshi shahrining yangi massivlaridan biri boʻlgan 11 ta koʻp qavatli uy joylashgan “Oydin kommunal” mahallasida ham boʻldi.
Mazkur hududda tashkil etilgan “Qarshi oydin kommunal” boshqaruv servis kompaniyasining yangi ma’muriy binosi, unda aholi qulayligi uchun yaratilgan sharoitlar, 24 soat faoliyat yurituvchi dispetcherlik xizmati, qoʻshimcha servis xizmatlar turlari koʻzdan kechirildi.
- Men mamlakatimiz miqyosida mana shunday zamonaviy boshqaruv tashkilotlari safi kengayotganidan xursandman. Faqat bu jarayon uzluksiz va davomli boʻlishi kerak. Agar xizmat koʻrsatish sohasi yagona tizim asosida ishlasa, ishchi-xodimlar mas’uliyatini sidqi dildan amalga oshirsa, sohada muammolarimiz kamayadi,- dedi Ozoda Joʻrayeva.
Vazir oʻrinbosari aholi bilan suhbatlashib, ularning boshqaruv tashkilotiga oid fikrlari bilan qiziqdi. Shuningdek, kompaniya mas’ullariga qoʻshimcha servis xizmatlar sonini oshirish, sohaga tadbirkorlikni jalb etish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.