UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Vazir oʻrinbosari Toir Alimatov Namangan viloyatida boʻlib, Davlatobod tumanida joylashgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida barpo etilayotgan koʻp qavatli uy-joylar qurilishi bilan tanishdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Namangan viloyatida boʻlib, Davlatobod tumanida joylashgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida barpo etilayotgan koʻp qavatli uy-joylar qurilishi bilan tanishdi.

Oʻrganishlar davomida uy-joylarning qurilish sifati, energiya samaradorligi hamda gidroizolyasiya tizimlariga alohida eʼtibor qaratildi. Bu esa kelgusida aholi uchun barqaror va qulay yashash muhitini taʼminlashda muhim omil hisoblanadi.

Shuningdek, uy egalari uchun zarur sharoitlar yaratish, hududni kompleks obodonlashtirish va qurilish jarayonini namunaviy tarzda tashkil etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi. Mazkur yondashuv, nafaqat ushbu massivda, balki boshqa hududlarda ham uy-joylar qurilishida samarali tajriba sifatida qoʻllanishi rejalashtirilgan.