UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Vazir oʻrinbosari va soha mutasaddilari Toshkent viloyatining Gʻazalkent shaharchasida koʻp qavatli uylar aholisiga koʻrsatilayotgan xizmatlar bilan tanishdi

Vazir oʻrinbosari va soha mutasaddilari Toshkent viloyatining Gʻazalkent shaharchasida ham boʻlib, koʻp qavatli uylar aholisiga koʻrsatilayotgan xizmatlar bilan tanishdi. Aytish kerakki, shaharchada bugungi kunda 245 ta koʻp qavatli uy mavdud boʻlib, ularda taʼmirlash ishlari olib borilgan. Temir eshiklar, framuga oynalari oʻrnatilgan, tomlar yopilgan. Biroq aholiga koʻp bora tushuntirish ishlari olib borilganiga qaramasdan koʻp qavatli uylarni boshqarish boʻyicha tanlovni amalga oshirmay, majburiy badallarni toʻlashdan boʻyin tovlab kelayotgani aniqlandi.   

 Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva hududiy mutasaddilarga aholi keng qatlami bilan faol ishlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi. 
Shuningdek, vazir oʻrinbosari Gʻazalkent shahri hokimi bilan birgalikda hudullagi 28 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan va hozirda qurilish ishlari tamomlanib, tayyor holatga keltirilgan qozonxona faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.