UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Xalqaro hamkorlik

Vazirligida vazirlik apparat rahbari Vosit Imomov va Rossiyaning Penza viloyati hukumati raisi o’rinbosari Almaz Hakimov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida vazirlik apparat rahbari Vosit Imomov va Rossiyaning Penza viloyati hukumati raisi o’rinbosari Almaz Hakimov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv “INNOPROM” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilib, unda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari, shuningdek, malakali kadrlar tayyorlash borasidagi ishlanmalar haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari barcha qurilish jarayonlari raqamlashtirilgani, davlat xizmatlari va tenderlar elektron shaklda ochiq va shaffof tarzda amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Tomonlar kelgusida sohadagi istiqbolli loyihalar, tajriba va  bilimlar almashish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.