UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Xalqaro hamkorlik

XALQARO HAMKORLIK

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Hidoyatov  boshchiligidagi mutasaddilar “ERG International UK Ltd” kompaniyasi vakillari, xususan, Strategiya va investitsiyalar boshqarmasi boshlig’i Onur Kizilot hamda ERG groupning bosh koordinatori Uni Sezer bilan uchrashdi. 
Tomonlar davlat-xususiy sheriklik asosida mamlakatimiz hududlarida issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash hamda aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlash darajasini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish mavzusida muhokama o’tkazdilar. Bunda tizimni kompleks modernizatsiya qilish va energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalar asosida uning texnik darajasini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, issiqlik manbalarining isitish uskunalarini kogeneratsion gaz turbinasi texnologiyasini joriy etgan holda rekonstruksiya qilish hamda muqobil yoqilg’i mahsulotlarini ishlab chiqishda mamlakatimizning imkoniyatlari ko’rib chiqildi. Mazkur jarayonga innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish lozimligi ta’kidlandi. 

Vazirning birinchi o’rinbosari issiqlik ta’minotini yaxshilashga doir har qanday hamkorlik loyihasini qo’llab-quvvatlashini bildirdi:

- Bugungi kunda mamlakatimizda issiqlik ta’minoti tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu bo’yicha bizda har tomonlama o’ylangan loyiha takliflari mavjud. Kompaniyangizning yuqori tajribasini inobatga olgan holda, hamkorlik ishlarini boshlashdan mamnun bo’lamiz,- dedi Sherzod Hidoyatov. 

Muloqot so‘ngida keltirilgan takliflar o‘zaro o‘rganib chiqilishiga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, “ERG International UK Ltd” kompaniyasi tomonidan infrastruktura, energetika, gidroenergetika, suv va kanalizatsiya yo’nalishlarida amalga oshirilgan loyihalarning umumiy qiymati 20 milliard AQSH dollaridan ortiqni tashkil etadi.