UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Xizmat safari chog’ida Toshkent shahrining oqova suv tizimini yaxshilashga qaratilgan Surum loyihasi muhokamasi bo’lib o’tdi

Ta’kidlaganimizdek, vazirlik boshqarma boshlig’i G’ayrat Rahimov Birlashgan Arab Amirliklarida bo’lib turibdi. Xizmat safari chog’ida Toshkent shahrining oqova suv tizimini yaxshilashga qaratilgan Surum loyihasi muhokamasi bo’lib o’tdi. 

G‘ayrat Rahimov TAQA kompaniyasining Osiyo mintaqasi direktori Mark Elliot bilan uchrashdi.

Uchrashuvda loyiha haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, hamkorlikda Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlaridagi aholining oqova suv xizmatlari bilan to‘liq ta’minlanishi, shuningdek, kuniga 1,5 million kub metr oqova suvni tozalash quvvatiga ega yangi inshoot qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, hozirda loyiha bosqichlari hamda uning kelgusi istiqbollari to’g’risida fikr almashildi.

Delegatsiyaning yana bir vakili Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Abdulaziz Isroilov loyiha shahar uchun juda muhim ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, loyihaning texnik jihatlari, ayniqsa oqova suvlarni ochiq havzalarga chiqarish masalalari muhokama qilindi. Vazirlik va kompaniya mutaxassislari o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldi.

Uchrashuv davomida loyiha bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni tasdiqlash va kelgusida tender o‘tkazish haqida ham kelishuvga erishildi.