Xizmat safari davomida Qarshi shahridagi bir necha ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyatini o'rgangan vazir o'rinbosari aholining kayfiyati, kommunal sohaga oid muammolari bilan qiziqdi
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatida bo'lib turibdi. Xizmat safari davomida Qarshi shahridagi bir necha ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyatini o'rgangan vazir o'rinbosari aholining kayfiyati, kommunal sohaga oid muammolari bilan qiziqdi.
Dastlab vazir o'rinbosari Qarshi shahri "Nuriston" mahallasida faoliyat yurituvchi "Binokor obod uy" boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini ko'zdan kechirdi. Kompaniyaning mulkdorlarga xizmat ko'rsatish sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi, xususan, dispetcherlik xizmati faoliyati tanqidiy ko'rib chiqildi.
- Dispetcher - bu kompaniyaning yuragi. Boshqaruv tashkilotlari 24 soat aholiga xizmat ko'rsatmas ekan o'zini kompaniya deb hisoblamasligi kerak. Ularning oldiga qo'yilgan yagona va haqli talab aholiga tun-u kun xizmat ko'rsatishni tashkil etish, - dedi Ozoda Jo'rayeva.
Shuningdek, kompaniyaga billing tizimi bilan ishlash, sohada shaffoflikni ta'minlash yuzasidan qator topshiriqlar berildi.