Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'rganish ishlari (MUNOSABAT)
Xorazm viloyati Urganch shahri Al-Xorazmiy koʻchasi hududida 7 qavatli 1 va 2-qavatlari xususiy klinika, qolgan qavatlari klinika xodimlari va chet eldan kelgan mutaxassislarga yashash uchun moʻljallangan xonadonlardan iborat bino qurilishi uchun Urganch shahar hokimining 2020-yil 24-apreldagi qarori bilan “YAQUBOV DENTAL SERVIS” MCHJga 400,0 kv.m yer maydoni ajratib berilgan.
Bugungi kunda ushbu manzilda “YAQUBOV DENTAL SERVIS” MCHJ va “KOʻHINUR BINO INSHOOT IXTISOSLASHTIRILGAN TAʻMIRLASH QURILISH” MCHJlar oʻrtasida oʻzaro tuzilgan shartnomaga asosan “KOʻHINUR BINO INSHOOT IXTISOSLASHTIRILGAN TAʻMIRLASH QURILISH” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur obyektda Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'rganish ishlari doimiy oʻrnatilgan boʻlib, shu kunga qadar 7 ta monitoring oʻtkazilgan. Obyektda aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf qilish yuzasidan buyurtmachi, loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlarga 21 ta yozma koʻrsatmalar "Shaffof milliy axborot tizimi" orqali taqdim etilgan hamda ijrosi nazorat ostiga olingan.