UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan bajarilgan ishlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-57 sonli qarori ijrosi yuzasidan Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan bajarilgan ishlar:

• Ushbu qarorning 17-bandida: “2023-yilda foydalanishga topshiriladigan 765 ta koʻp qavatli uylarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlash rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin” - deb, koʻrsatilgan. 

• Mazkur 5-ilovada “2023-yilda foydalanishga topshiriladigan koʻp qavatli uylarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlash” rejasi tasdiqlangan boʻlib, ushbu rejaga asosan Xorazm viloyatida joriy yilda 81 ta koʻp qavatli turar-joylarda jami quvvati 1,6 (MVt) boʻlgan quyosh panellari oʻrnatilgan holda obyektlar foydalanishga qabul qilinishi belgilangan.

• Xorazm viloyati hokimligi tomonidan 81 ta turar-joy binolarning roʻyxati shakllantirilib tasdiqlangan boʻlib, bugungi kunda ushbu turar-joy binolaridan 20 tasiga 0,231 ta (MVt) oʻrnatilgan holda foydalanishga qabul qilingan. 

• Shuningdek, ushbu qarorning 18-bandida, 2023-yil 1-maydan boshlab foydalanishga topshiriladigan koʻp qavatli uylar tomlari boʻsh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini oʻrnatish talabi joriy qilinsin deb, koʻrsatilgan. 

• Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan qarorning 18-bandida berilgan topshiriqlarni bajarish maqsadida viloyat hokimligiga, tuman va shahar hokimliklariga, buyurtmachi va loyihachi tashkilotlarga bir necha yozma xatlar bilan chiqishgan. Shuningdek, qurilish obyektlarida energiya tejovchi mahsulotlardan foydalanilmayotganligi xamda ishchi loyixa hujjatlarida energosamaradolik masalalari nazarda tutilmay obyektlarda qurilish ishlari olib borilayotganligi aniqlanib, 100 ga yaqin qurilish obyektlarda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish boʻyicha yozma koʻrsatmalar berilgan.