Yakkasaroydagi o‘zboshimchalik oqibati: daraxtlar kimyoviy modda bilan quritildi, avtomobil yo‘li va piyodalar yo‘lakchasi egallab olindi, odamlar noroziligi kuchaydi (MUNOSABAT)
Daryo.uz saytida e'lon qilingan "Yakkasaroydagi o‘zboshimchalik oqibati: daraxtlar kimyoviy modda bilan quritildi, avtomobil yo‘li va piyodalar yo‘lakchasi egallab olindi, odamlar noroziligi kuchaydi" mavzusidagi holat yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi:
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani To’qimachilik mahallasi Safdosh ko'chasida joylashgan buyurtmachi “PERFECT UNIVERSAL SERVICE” MChJga tegishli savdo maishiy xizmat ko'rsatish binosining qurilish obyekti loyiha-smeta hujjatlari Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi Bosh boshqarmasi Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2023-yil 19-aprelda tegishli xulosa bilan kelishib berilgan va ishlab chiqilgan ishchi loyihalarga “TASHGOREKSPERT” MCHJ tomonidan 2023-yil 23-aprelda ijobiy yig'ma ekspertiza xulosasi olingan.
Shuningdek, buyurtmachining 2023-yil 24-mayda Davlat xizmatlari agentligi orqali yuborgan arizasiga asosan o’rnatilgan tartibda Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ro’yxatidan o’tgan.
Hozirgi kunda Toshkent shahar hokimining 2018-yil 17-sentabrdagi 1361-sonli qaroriga asosan qurilish obyektining hududini vaqtincha o'rab turuvchi to'siqlar o’rnatilgan bo’lib, qurilish-montaj ishlari boshlanmagan. Hududiy inspeksiya tomonidan esa shaharsozlik faoliyatiga oid qonun hujjatlariga zid ravishda qabul qilingan xulosani bekor qilish yuzasidan Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasiga 2023-yil 14-sentabrda taqdimnoma kiritilgan hamda boshqarma tomonidan joriy yilning 15-sentabrida kengash yig'ilishida 2023-yil 19-apreldagi 69918-sonli xulosa bekor qilinganini ma'lum qilamiz.