UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

"Yangi O'zbekiston" massividagi ayrim obyektlar qurilishi vaqtincha to'xtatildi!

Xabar berib kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov Farg'ona tumani "Yangi asr" MFYda barpo etilayotgan "Yangi O'zbekiston" massividagi qurilish ishlari bilan tanishdi. 

O'rganish ishlari davomida loyiha hujjatlaridan chetga chiqilgan, ShNQ talablari qo'pol ravishda buzilgan ayrim obyektlar qurilishi demontaj ishlari to'liq bajarilmagunga qadar to'xtatildi. 

Keskin tanqid ostiga olingan va majburiy ko'rsatmalar berilgan qoidabuzarliklar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 

  • ko'plab hollarda sifatsiz qurilish materiallaridan foydalanilgan;
  •  obyektlar yo'laklariga bazalt plitalarini qoplamay turib pardozlash ishlari amalga oshirilgan;
  •  ayrim binolarning poydevor qismlarida gidroizalatsiya choralari ko'rilmagan;
  •  monolit ustunlar yorilgan, zichligi ta'minlanmagan;
  •  texnika xavfsizligi talablari bajarilmagan;
  • ayrim obyektlarda beton quyish ishlari sifatsiz bajarilgan. 

Shu singari qoidabuzarliklar yuzasidan o'z vaqtida chora ko'rmaganligi uchun texnik, mualliflik va ichki nazoratga mas'ul shaxslarga jiddiy ogohlantirish berildi. Ayrim binolarning texnik holatini instrumental ko'rikdan o'tkazish yuzasidan tezkor choralar ko'rilishi darkorligi ta'kidlandi.