Yangi Toshkent “aqlli” va “bogʻ shahar” boʻlishi nazarda tutilmoqda
Yangi Toshkent “aqlli” va “bogʻ shahar” boʻlishi nazarda tutilmoqda.
Maʼmuriy markazda davlat idoralari, Yangi Oʻzbekiston universiteti, kutubxona, tarix muzeyi, madaniyat saroylari joylashadi. Shuningdek, shaharda ishbilarmonlik va innovatsiya tumanlari, taʼlim, tibbiyot va turizm klasterlari boʻladi.
420 gektar maydonda markaziy bogʻ, mavzelar orasida sunʼiy kanal va koʻllar, Chirchiq va Qorasuv daryolari boʻyida sayilgohlar tashkil qilinib, odamlarning dam olishi uchun soʻlim sharoitlar yaratiladi. “Toshkentning yashil belbogʻi” loyihasi shu joydan boshlanadi.
Nima uchun bu loyihani shoshmasdan, qayta-qayta koʻryapmiz? Bu shahar yuz yillab xalqqa xizmat qilishi kerak. Odamlar birinchi oʻrinda boʻlishi, kelajakdagi qurilishlar ham inobatga olinishi zarur. Birinchi bosqich mukammal qurilsa, maktab boʻladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.