“Yashil makon” loyihasi doirasida 12 ming tupdan ziyod manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab joriy yilning 25-oktabridan 1-dekabr kuniga qadar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Ohangaron tumanida qarag‘ay, qayrag‘och, katalpa, o‘rik, jiyda, tut, bodom kabi 12 ming tupdan ziyod manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.
Bugungi kunda ekologik muammolar har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. "Yashil makon" loyihasi hududlarda toza atmosfera barqarorligi va atrof-muhit musaffoligini ta’minlash imkoni yaratiladi. Avvallari ko‘chat ekib, uning parvarishiga beparvo bo‘lganmiz. Endi unday bo‘lmaydi. Har bir daraxt, har bir ko‘chat e’tiborimiz markazida bo‘ladi, - dedi Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bunyod Saidxo‘jayev.
Loyihasi doirasidagi bunday ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari Toshkent viloyatining barcha tumanlarida davom etmoqda.