UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Yashnobod tumanida faoliyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlari vakillari uchun ham tashkil etildi

 Yashnobod tumanidagi ko'p xonadonli uylarga bugungi kunda 29 ta BSK hamda 30 dan ortiq uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko'rsatib kelmoqda. Ular tomonidan aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish, bugungi zamon talablari asosida sifatli xizmat ko'rsatilishini tashkil etish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 15-avgustdagi qarori mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan seminar bugun Yashnobod tumanida faoliyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlari vakillari uchun ham tashkil etildi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva boshchiligidagi mutasaddilar sohani isloh qilishga qaratilgan mazkur qonun hujjati bo'yicha yig'ilganlarga batafsil ma'lumot berdilar. Xususan, qaror bilan belgilab berilayotgan qator imtiyozlar hamda uning boshqaruv tashkilotlari faoliyatiga ta'sir o'tkazadigan mas'uliyati haqida so'z bordi. 

Hech qaysi mamlakatda kommunal sohaga bunchalik e'tibor,  imkoniyat berilmaydi. Hammasi shu aholimizning o'z uyida qulay sharoitlarda yashashini ta'minlashni nazarda tutadi. Biz xalq taqdiriga mas'ulmiz. Shu bois sohamiz murakkabligi bilan bir qatorda juda xayrlidir, - dedi Ozoda Jo'rayeva. 

Seminar davomida mutasaddilar boshqaruv tashkiloti vakillarining huquqiy bilim va ko'nikmalarini oshirishga e'tibor qaratish lozimligini ta'kidladilar. Shuningdek, ishchi-xodimlarning malakasini doimiy oshirib borish, ularni professionalligini oshirishga e'tibor qaratish lozimligi aytub o'tildi. 

Tadbir yakunida ishtirokchilar faoliyati davomida uchrayotgan muammolar, xususan, boshqaruv tashkiloti faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar, shuningdek, sohani yaxshilashga qaratilgan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Vazir o'rinbosari barcha noqonuniy holatlar o'z nazoratida bo'lishini ta'kidladi.