UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yoshlar siyosati

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining bir guruh yoshlari taqdirlandi

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining bir guruh yoshlari taqdirlandi.

Tadbirda bosh boshqarma boshlig’i v.v.b B.Nig'matov so‘zga chiqib, oxirgi yillarda davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik haqida fikr bildirdi. Shuningdek, sohada faollik ko‘rsatayotgan yoshlarga  faxriy yorliq va esdalik sovg'alari topshirildi.

Xususan, ushbu sana munosabati bilan yoshlar uchun sport musobaqalari tashkil etildi va unda ishtirokchilar sportning yugurish, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha o'zaro bellashdilar.  

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra faxrli 1, 2 va 3-o‘rinni egallagan yoshlarga bosh boshqarmaning maxsus diplomi va sovg’alari topshirildi.