Yoshlarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ularni to’g’ri maqsadlar sari boshlash eng xayrli ishlardan biri. Shu ma’noda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ham bu borada qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda
Yoshlarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ularni to’g’ri maqsadlar sari boshlash eng xayrli ishlardan biri. Shu ma’noda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ham bu borada qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, vazirikka biriktirilgan 31 nafar ogʻir toifadagi yoshlar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etilyapti. Unda ma’lum sabablarga ko’ra o’z maqsad va vazifalarini anglay olmayotgan yoshlarni ma’nan qo’llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmoqda. Suhbatlar chog’ida yoshlarning salomatligini tiklash, oʻzi ishiga ega boʻlish, zaruriy xizmat koʻrsatish uchun texnika jihozlarini xarid qilish, taʼlim xarajatlarini toʻlash kabi masalalar qayd etildi.
Vazirlik mas'ullari tomonidan yoshlarni harakatga chorlash maqsadida tushuntirish-targ’ibot ishlari olib borilmoqda. Xususan, hayotda biror kasbni mahorat bilan egallab, jamiyatda oʻz oʻrniga ega inson boʻlish uchun zarur bo’lgan tavsiyalar berilmoqda.
Kuni kecha montaj ustasi va IT mutaxassisi boʻlishga astoydil bel bogʻlagan yoshlarga vazirlik tomonidan zarur texnika vositalari taqdim etildi va ushbu sohalarni chuqurroq oʻzlashtirishlari uchun kerakli tushunchalar berildi.
Shuningdek, hozirda sogʻlig’ini tiklashga muhtoj boʻlgan yana 2 nafar yoshga tegishli shifoxona va klinikalarni aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish masalasi boʻyicha murojaat qilgan yoshlarning so’rovlari ham tegishli mutasaddilar tomonidan o’rganilmoqda.