Yunusobod tumani 13-mavzesida qabristonga taqab ko'p qavatli uy qurilmoqda (MUNOSABAT)
2023-11-08
Ijtimoiy tarmoqlarda "Yunusobod tumani 13-mavzesida qabristonga taqab ko'p qavatli uy qurilmoqda" sarlavhasi bilan tarqalgan holat yuzasidan ayni vaqtda Respublika Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan o'rganish ishlari olib borilayotganini ma'lum qilamiz.
Tez orada mazkur holat yuzasidan qo'shimcha ma'lumot va o'rganish ishlari natijalari taqdim etiladi.