UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Davlat-xususiy sheriklik asosida hududiy inspeksiyaga ma’muriy bino qurib topshirish hamda maishiy xizmat ko‘rsatish obyektini tashkil etish so‘rovnomasiga TAKLIF

  Loyiha nomi: Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida (keyingi o‘rinlarda – DXSh) Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, “Namuna” MFY, Guliston shox ko‘chasi, 8 uy manzilida Sirdaryo viloyati xududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi balansida bo‘lgan 5746 kv.metr yer maydonida davlat-xususiy sheriklik asosida hududiy inspeksiyaga ma’muriy bino qurib topshirish hamda maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektini tashkil etish.

  Shunga asosan, quyidagilar ma’lum qilinadi:

  Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (e’lon beruvchi) Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, “Namuna” MFY, Guliston shox ko‘chasi, 8 uy manzilida Sirdaryo viloyati xududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi balansida bo‘lgan 5746 kv metr yer maydonida davlat-xususiy sheriklik asosida hududiy inspeksiyaga ma’muriy bino qurib topshirish hamda maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektini tashkil etish loyihasini amalga oshirishda qiziqish bildirish so‘rovnomasiga taklif etadi.

  Bunda, A-373 magistral yo‘l bo‘yichdan samarali foydalanish maqsadida, belgilangan loyiha hududida tayyorlangan “bosh reja eksplikatsiyasi” takliflariga ko‘ra (taqdim etiladi) DXSh tamoyillilari asosida maishiy-savdo shahobchalarini moliyalashtirish, qurish, boshqarish va aholiga servis xizmatlarini ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi.

  Manfaatdor ishtirokchilar o‘zlari haqida toʻliq maʼlumotlarni, ya’ni kompaniya profili, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan loyihalar boʻyicha batafsil maʼlumotlarni, loyihalarni barpo etish bilan bog‘liq shartlarini hisobga olgan holda tijorat takliflarini taqdim etish, shuningdek, sheriklik asosida ulushli ishtirok etish shartlarini taqdim etishlari shart.

  Zaruriy malaka va tegishli tajribani aks ettiruvchi portfolio, jumladan quyidagilarni:

  • moddiy texnik bazasi mavjudligi;
  • tijorat banklaridan va soliq idoralaridan qarzdorligi mavjud emasligi;
  • davlat-xususiy sheriklik konsepsiyasini va loyihani baholash hujjatlarini ishlab chiqish;
  • korxona guvohnoma va nizomi.

Qoʻshimcha maʼlumot olish va loyiha bilan tanishish uchun, qonunchilikka muvofiq balans saqlovchi - Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga  (98) 277-54-35 hamda (99) 472-06-44 (gasnmaruf@gmail.com) murojaat etilishi.

 

 


СИРДАРЁ ВИЛОЯТИ ХУДУДИЙ ҚУРИЛИШ ВА УЙ-ЖОЙ КОММУНАЛ ХЎЖАЛИГИ СОҲАСИДА НАЗОРАТ ҚИЛИШ ИНСПЕКЦИЯСИ БАЛАНСИДА БЎЛГАН 5746 КВ МЕТР ЕР МАЙДОНИДА ДАВЛАТ-ХУСУСИЙ ШЕРИКЛИК АСОСИДА ҲУДУДИЙ ИНСПЕКЦИЯГА МАЪМУРИЙ БИНО ҚУРИБ ТОПШИРИШ ҲАМДА МАИШИЙ ХИЗМАТ КЎРСАТИШ ОБЪЕКТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ КОНЦЕПЦИЯСИ (PDF)