UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi (MUNOSABAT)

Bo'ston tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ko'p qavatli uylar orasida qurilayotgan bino o'rganib chiqildi. 

Jarayonida ''Maorif'' MFY Mustaqillik ko'chasi 144-a sonli va 17 -sonli ko'p qavatli uylar oralig'ida qurilayotgan bino fuqaro M.Jalolov tomonidan Bo'ston tuman hokimining 2011-yil 28-iyundagi qaroriga asosan 54 kv.m yer maydoni savdo do'koni uchun ajratib berilgan. 

2024-yil 1-mart kuni ushbu kadastr raqam bilan yer maydoni - ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlari davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

Andijon viloyati Qurilish va uy-kommunal xo'jaligi boshqarmasi huzuridagi Arxitektura rejalashtirish topshirig'i ishlab chiqish bo'limi tomonidan tegishli hujjatlar tayyorlangan va loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiIgan.

Hozirda kelishilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan qurilish ishlari olib borilayotganligini ma'lum qilamiz.