UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi mas'ullarining navbatdagi sayyor qabuli

Kuni kecha Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi mas'ullarining navbatdagi sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

O'ltinko'l tumanida tashkil etilgan aholi bilan uchrashuvda o'nlab fuqarolar qurilish va kommunal sohasiga oid o'zlarini qiynayotgan masala va muammolarni ochiqlash imkoniga ega bo'ldilar. 

Samimiy ruhda kechgan muloqotda oltinko'lliklar tomonidan bildirilgan ko'plab murojaatlarga joyida yechim topildi. Har bir muammoni bartaraf etish yuzasidan mas'ul tashkilot vakillariga zaruriy ko'rsatmalar berildi. Hal etilishi vaqt va ma'lum bosqichlarni talab etadigan masalalar boshqarma boshlig'ining nazoratida ekani ta'kidlandi.