UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari

Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ustidan monitoring tadbirlari davom etadi. 

Navbatdagi manzil Andijon shahri "Oʻrikzor" MFYda fuqaro M.Isroilov buyurtmachiligi asosida qurilayotgan mavjud savdo maishiy xizmat koʻrsatish binosini toʻliq buzib, oʻrniga 5 qavatli, 1-qavati savdo maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, yuqori qavatlari turar-joy binosi obyekti. 

O'rganishlar davomida mazkur obyektning 1-qavatida jami 7 dona sifat sertifikati mavjud boʻlmagan 2PK59.12 tamgʻali yigʻma temir-beton plitalar montaj qilingani aniqlandi.

Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi inspektori tomonidan yaroqsiz plitalar oʻrniga sifat sertifikatga ega yangi yigʻma temir-beton orayopma plitalar montaj qildirildi.