UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

“BASTION” telegram kanalida e'lon qilingan xabarda qayd etilgan holatlar boʻyicha Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganish olib borildi. 

Andijon shahar hokimining 2018-yil 20-yanvardagi qarori bilan 1-qavatda jamoat markazi boʻlgan koʻp qavatli turar-joy qurilishi uchun “Azia star premium” MCHJga 0,5775 ga yer maydoni ajratib berilgan.  

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgach, 2024-yil 29-fevralda obyekt inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tgan.

Monitoringlar davomida obyekt qurilishi uchun viloyat Qurilish bosh boshqarmasi Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2021-yil 9-iyuldagi xulosasida tasdiqlangan va qurilgan 4-sonli yetti qavatli turar-joy bilan hozirgi kunda qurilishi boshlangan 5-sonli yetti qavatli turar-joyning oraliq masofasi 20 metr etib belgilangan boʻlib, joyida 17 (oʻn yetti) metr qilib bajarilayotgani aniqlangan. 

Shuningdek, viloyat bosh boshqarmasi xulosasida 5-sonli binoning uzunligi 23 metr deb tasdiqlangan boʻlsa-da, joyida bino uzunligi 25,6 metr qilib loyihalangani aniqlangan.

Shu bois inspeksiya tomonidan yuqorida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar qurilishni toʻxtatish toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan hamda hozirda qurilish-montaj ishlari vaqtinchalik toʻxtatilgan.