UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Bayram shukuhi (Soha raqamlarda)

So‘nggi  yillarda, xususan, o‘tgan 2023-yilda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida qator islohotlar amalga oshirildi. Mazkur ezgu tashabbuslar Davlatimiz rahbarining har tomonlama qo‘llab-quvvatlovi bilan bo‘layotgani bois muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kommunal soha kun sayin takomillashib bormoqda.

O‘tgan 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 15-avgustdagi 278-son qarori qabul qilinib, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi ko‘plab islohotlarga zamin hozirlandi.

Bugungi kunga kelib respublikada jami 800 dan ortiq boshqaruv tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Respublikadagi ko‘p qavatli uylar soni jami 41 930 tani tashkil etayotgan bo‘lsa, shularning 91 foiziga ana shu boshqaruv tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinayotganligi islohotlarimizning samarasini ko‘rsatmoqda. 

Boshqaruv kompaniyalari hozirga qadar uylarni ta’mirlash, hududlarning infratuzilmasini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini shakllantirishga o‘z hisobidan 268 mlrd so‘m, xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan bino va ishootlarni qurish uchun 49 mlrd so‘mdan ortiq investitsiya mablag‘larini kiritdi. 

So‘nggi 7 yil davomida ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash dasturlari doirasida jami 2 trln  so‘mdan ziyod  mablag‘ hisobidan 36 mingga yaqin uy mukammal yoki joriy ta’mirlandi hamda 1 645 ta lift uskunalari yangisiga almashtirildi.