UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Bayram shukuhi (Soha raqamlarda)

So‘nggi 7 yilda aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga 20 trln so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 2 916 ta suv inshooti va 42,8 ming km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmoqlari tortildi.

Natijada respublika aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 2017-yilda 63,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib ushbu ko‘rsatkich 77,2 foizga yetkazildi. 

Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq 2026-yilga kelib, respublika aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 90 foizga, oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinganlik darajasini esa 35 foizga yetkazish rejalashtirilgan. 

Shu bilan birga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, sohada yagona siyosat yuritish hamda dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirili, mazkur yo‘nalishda 10 ta normativ-huquiy hujjat va dasturlar ishlab chiqildi.


Issiqlik ta’minoti sohasida ham keyingi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, respublika budjeti mablag‘lari hisobidan shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish dasturi doirasida 60 dan ortiq markaziy va mahalliy qozonxonalar hamda 292,9 km uzunlikdagi issiqlik quvurlarida modernizatsiya rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Shuningdek,  “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 40 dan ortiq qozonxonalar qurildi va 70,0 kmdan ortiq uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari yangidan tortildi. 

Natijada 115 792 xonadondan iborat 3 436 ta ko‘p qavatli uy va 317 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik energiyasi bilan ta’minlandi.

Oxirgi 20 yilda ilk marotaba Jahon banki ishtirokida Andijon shahridagi RK-2 qozonxonasini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilishi natijasida Andijon shahridagi 271 ta ko‘p kvartirali uy va 32 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik ta’minotiga ega bo‘ldi.

Joriy yilda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun 287,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur loyihaga ko‘ra 14 ta qozonxona, 771 ta isitish qozonlari va 704 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarida qurish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, yopiq issiqlik ta’minoti tizimini tashkil etish uchun 896 ta individual issiqlik punktlari (IIP) o‘rnatiladi. Natijada 63 mingga yaqin xonadondan iborat 1 292 ta ko‘p qavatli uylar va 120 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi.