UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Bayram tadbiri boshlandi!

Odamlarning og‘irini yengil qilish eng himmatli kasb, zero kommunal soha xodimlarining yelkasida aholi uchun qulay yashash sharoitlarini ta’minlashdek katta mas’uliyat yotadi. Har bir oiladagi farovonlik, har bir uyning iliqligi ko‘p jihatdan uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimining barqaror va ishonchliligiga, ushbu sohada ishlaydigan odamlarning mahorati hamda yuqori mas’uliyatiga bog‘liq.

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri Botir Zokirov tabrik so‘zi bilan ochib berib, soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi:

"Hurmatli Prezidentimizning aholimiz roziligiga erishish, yillar davomida to‘planib qolgan muammolarini hal etish bo‘yicha topshiriqlarini biz albatta faqat Sizdek fidoyilar bilan birgalikda amalga oshiramiz

Siz azizlarni – O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Barchangizga sihat-salomatlik, mashaqqatli, ammo oliyjanob faoliyatingiz va shaxsiy hayotingizda yutuq va omadlar, oilangizga fayz-u baraka tilab qolaman", - dedi B.Zokirov.