UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Buxoro viloyati Buxoro tumani "Rabotak" MFY 13-uyda yangi qurilgan uylardagi holat viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'rganildi.

Obyektga mas'ul buyurtmachi tashkilot “Integral Stroy Trans servis” MChJ,  loyiha tashkiloti: “Qishloqqurilishloyiha” DM hisoblanadi. 

Mazkur turar joy 2021-yil 6-mayda inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtgan va 2021-yil 22-dekabrda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilgan. 

 Obyektning bugungi kundagi holati esa quyidagicha:

-  binoning old fasad qismida pardozlash ishlari bugungi kunda sifatsiz (travertin qoplamasi) ahvolga kelgan.
-  old tomonidagi bolalar maydonchasi atrofida bajarilgan beton ishlari sifatsiz (beton oʻz xususiyatlarini yoʻqotgan) holatda.
-  kirish yoʻlagining (podyez) ichki pardozlash ishlari 10 m2 qismi sifatsiz ahvolda.
-  tom qismida bajarilgan paraped ustki qismidagi yomgʻirdan himoyalovchi tunukalar shamol ta'sirida oʻz joyidan koʻchgan.
-  bino atrofidagi yoʻlaklar (otmostka) yaroqsiz holatga kelgan.

  Bugungi kunda mazkur koʻp qavatli turar joy binosi buyurtmachi tashkilot tomonidan BSKga topshirilmagani va BSK yoki shirkat tomonidan qabul qilinmagani bois boshqaruvchi tashkilotga biriktirish yuzasidan topshiriq berildi.